Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil noyabr
Qanday ma'lumot yig'amiz
- Akkaunt: foydalanuvchi nomi, email, parol (shifrlangan holda).
- Fitnes ma'lumotlari: vazn, tana tarkibi, mashg'ulotlar, ovqatlanish, siz kiritgan yoki ruxsat bergan Apple Health / Health Connect ko'rsatkichlari.
- Ijtimoiy kontent: postlar, rasmlar, istoriyalar, izohlar, like'lar, obunalar va siz ko'rsatgan lokatsiya yorlig'i.
- Texnik ma'lumotlar: IP manzil, qurilma va brauzer turi, xatolik jurnallari.
Nima uchun ishlatamiz
- Xizmatni ishlatish: lenta, profil, natijalar va statistikani ko'rsatish.
- Xavfsizlik: suiiste'molning oldini olish va shikoyatlarni ko'rib chiqish.
- Hamkorlar reklamasi: sport zallar, sport ozuqasi va diet kafelar takliflarini ko'rsatish.
Kim ko'radi
- Postlaringiz, istoriyalaringiz, izohlaringiz va profilingiz boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadi.
- Vazn, tana tarkibi va ovqatlanish yozuvlaringizni ijtimoiy lentaga o'zingiz joylamaguningizcha boshqalar ko'rmaydi.
- Reklama beruvchilarga faqat umumiy statistika (ko'rishlar va bosishlar soni) beriladi. Shaxsiy ma'lumotlaringizni sotmaymiz.
- Istoriyalar 24 soatdan keyin ko'rinmay qoladi va keyin o'chiriladi (shikoyat ko'rib chiqilayotganlaridan tashqari).
Huquqlaringiz
- Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish va o'chirish.
- Akkauntni ilova sozlamalaridan yoki saytdan o'chirish. Bunda postlaringiz, rasmlaringiz va boshqa ma'lumotlaringiz ham o'chiriladi.
- Foydalanuvchilarni bloklash va kontentga shikoyat qilish.
Yosh chegarasi
Xizmat 18 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun.
Bog'lanish
Savollar uchun: IbrohimovUmarbek38@gmail.com